26 May 2025 yil
2672
Toshloq tumanida Respublikasi ishchi guruhining jismoniy shaxslar hamda yuridik shaxslar uchun ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi
Avval xabar berganimizdek, mazkur qabullarda fuqarolarning IIO tizimi bilan bog‘liq masalalari ham ko‘rib chiqilmoqda.
Kelib tushgan har bir murojaat Ichki ishlar vazirligi hamda viloyat
IIB rahbariyati tomonidan sinchkovlik bilan o‘rganilib, hal qilish choralari ko‘rildi.
Jumladan, sayyor qabulda jami 26 nafar shaxslardan 26 ta murojaatlar kelib tushdi. Ularning 9 tasi joyida ijobiy hal etildi. Yana 6 tasi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Ko‘rib chiqish uchun qo‘shimcha muddat talab etiladigan 11 ta murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.
Mazkur tadbirlar viloyatimiz hududlarida belgilangan jadval asosida davom etmoqda
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati