14 Noyabr 2023 yil
1457
Fargʻona viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari, Tergov boshqarmasi boshligʻi polkovnik M.A.Sattarov ishtirokida fuqarolar uchun navbatdagi qabul oʻtkazildi
Viloyat IIB tomonidan “Inson qadri uchun” tamoyili asosida jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish jadvali ishlab chiqilgan boʻlib, boshqarma boshligʻi va uning oʻrinbosarlari tomonidan muntazam ravishda qabullar tashkil etilmoqda.
Bu safargi qabul jarayonida oʻnga yaqin fuqarolarning murojaatlarida koʻtarilgan masalalar sinchkovlik bilan oʻrganilib, joyida ijobiy hal qilindi. Ayrim murojaatlarni qisqa muddatda hal qilish boʻyicha mas’ullarlarga topshiriq berildi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.