12 Iyul 2025 yil 273

Quva tumanida jinoyatchilikning oldini olish va “Qo‘riqlash” xizmati afzalliklarini targ‘ib qilish bo‘yicha hamkorlikda profilaktik tadbir o‘tkazildi

Farg‘ona viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi rahbariyati hamda Quva tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari hamkorligida tuman markazida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Targ‘ibot ishlari davomida “Qo‘riqlash” xizmatiga ulanish tartiblari, ushbu xizmatning imkoniyatlari va afzalliklari, jumladan, zamonaviy signalizatsiya uskunalari, texnik xizmat ko‘rsatish va to‘lov imkoniyatlari haqida ham batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, tadbir doirasida aholi, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, jamoat xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish kabi mavzularda suhbatlar olib borildi.

Ushbu uchrashuvlar jinoyatchilikni oldini olish bilan bir qatorda aholi o‘rtasida “Qo‘riqlash” xizmatiga nisbatan ishonch va qiziqishni oshirish, sohaga oid yangiliklardan xabardor qilishga ham xizmat qildi.

Bunday profilaktik tadbirlar Farg‘ona viloyatining barcha hududlarida davom ettiriladi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech