30 Dekabr 2024 yil
4707
General-mayor Azizbek Ikramov Qo‘qon shahrida Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ishlarini borib ko‘rdi
Boshqarma boshlig‘i Azizbek Ikramov tomonidan joylarda yangi yil bayramini tinch va osoyishta kutib olish bo‘yicha ko‘rilgan chora tadbirlar ko‘zdan kechirilmoqda.
Jumladan Qo‘qon shahrida ham sektor rahbarlari ishtirokidagi ana shunday o‘rganishlar o‘tkazildi.
Shahardagi bayram o‘tkaziladigan maydon, fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalarini o‘rganildi
Ayni jarayonda IIO xodimlari oldidagi mas’uliyatni yanada oshirish, qat’iy tartib intizom asosida xizmat tashkillash, hududlarni kuzatuvga olish, bayramni xavfsiz tashkil etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati