12 Noyabr 2025 yil
259
Profilaktika tadbirlari amalga oshirilmoqda
Viloyat IIB boshlig‘ining 123-son farmoyishiga asosan joylarda toifadagi shaxslarning qayta jinoyat sodir etishini oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi rahbariyati tomonidan Quvasoy shahrida tashkil etilgan uchrashuvlarda mazkur toifadagi shaxslarga jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishning huquqiy oqibatlari batafsil tushuntirilmoqda.
Tadbirlardan asosiy maqsad — fuqarolarni onglilikka, qonunlarga itoat etishga va jamiyatda tinchlik hamda xavfsizlikni ta’minlashga da’vat etishdir.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati