11 Oktyabr 2024 yil 2462

"Probatsiya oyligi" doirasida Furqat tumanida profilaktik tadbirlar davom etmoqda

Furqat tumani IIBda tumani JIB sudi raisi, tuman prokurori katta yordamchisi va probatsiya hisobida turgan nazoratdagi shaxslar ishtirokida “Sayyor sud” o‘tkazildi. Unda tuman IIB probatsiya guruhida tayinlangan jazoni namunali o‘tagan va mehnatga halol munosabatda bo‘lgan 13 nafar nazoratdagi shaxslar jazodan muddatidan oldin shartli ozod qilindi. Aksincha,  jazo o‘tashdan bo‘yin tovlab yurganligi sababli 1 nafar nazoratdagi shaxs jazo turi og‘irroq jazo turiga almashtirildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech