10 Fevral 2025 yil 2175

Farg‘ona viloyati IIB 2-mintaqaviy hudud PPX otryadi xodimlari Qo‘qon shahridagi Allomalar muzeyiga sayohat qilishdi

Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan Farg‘ona viloyati IIB 2-mintaqaviy hudud PPX otryadi xodimlari Qo‘qon shahridagi Allomalar muzeyiga sayohat qilishdi.

Ushbu maskanda buyuk ajdodlarimizning hayoti, ijodi va siyosiy faoliyatiga oid qimmatli eksponatlar jamlangan bo‘lib, xodimlar ushbu nodir ashyolarni diqqat bilan tomosha qildilar.

Muzey ilmiy xodimlari Navoiy va Bobur shaxsiyati, qoldirgan kitoblari haqida so‘zlab berdilar.  Yurt posbonlari esa ulug‘ shoirlar qalamiga mansub she’rlardan yod o‘qishdi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech