9 Aprel 2024 yil 4737

O‘zbekiston tumanida tungi profilaktik tadbirlar uyushqoqlikda tashkil etilyapti

O‘tkazilgan tadbir davomida bemaqsad yurgan fuqarolar aniqlanib, shaxsiga oydinlik kiritildi va ogohlantirildi.

Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan 5 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Belgilangan vaqtdan keyin ishlayotgan oshxona, savdo do‘konlari va boshqa aholi gavjum maskanlar berkitilib, fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib borildi.

Tuman IIB probatsiya hamda HPBda ma’muriy nazorat ostida turgan shaxslarning   sud tomonidan belgilangan cheklovlarga amal qilishi tekshirildi.

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlan maqsadida o‘tkazilgan tadbirlar jarayonida 18 ta qoidabuzarlik holatlari aniqlanib, ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Tadbirlar davom ettirilmoqda.

Text to speech