4 Dekabr 2023 yil 1910

Marg‘ilon shahrida fuqaroning sumkasida pirotexnika vositalari borligi aniqlandi

Farg‘ona viloyati IIB Birinchi mintaqaviy hudud PPX otryadi safdor tomonidan, Marg‘ilon shahar markazida, avtoturargoh oldida shubxali ko‘ringan, Yu.I.ning qo‘lidagi sport sumkasi ko‘zdan kechirilganida 10 ta blokda 5500 dona “Britanik” nomli, taxminiy narxi 800.000 so‘mlik pirotexnika vositasi borligi aniqlanib, borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida olindi. 

Mazkur holat yuzasidan ma’muriy tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Pirotexnika vositalari inson hayoti va sog‘ligi uchun xavflidir. O‘zingiz va o‘zgalarni bunday vositalardan jabrlanishiga  aslo yo‘l qo‘ymang!

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech