9 Iyul 2025 yil 1154

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul qilish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi

Tanlov tadbirlari O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-son qaroriga muvofiq tasdiqlangan Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablari asosida o‘tkaziladi.

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti kasbiy tayyorgarlik fakultetining Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati, Yo‘l-patrul faoliyati, Jamoat tartibini saqlash faoliyati va Pasport tizimini ta’minlash faoliyati yo‘nalishlariga 2025-o‘quv yili uchun o‘qishga qabul qilish belgilangan.

 - Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyatiga (o‘rta, o‘rta-maxsus, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, jismoniy tayyorgarlik darajasi yuqori, qo‘l jangi usullarini mukammal o‘zlashtirgan bo‘lishi), bo‘yi 170 sm.dan past bo‘lmagan erkaklar;

- Yo‘l-patrul faoliyatiga (Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan), bo‘yi 175 sm.dan past bo‘lmagan erkaklar;

- Jamoat tartibini saqlash faoliyatiga (Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan), bo‘yi 175 sm.dan past bo‘lmagan erkaklar qabul qilinadi.

 - Pasport tizimini ta’minlash faoliyatiga (Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan), bo‘yi 165 sm.dan past bo‘lmagan erkaklar qabul qilinadi.

 Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:

- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;           

- Yashash manzili bo‘yicha Farg‘ona viloyatida doimiy ro‘yxatda turishi;

- Yoshi 18 yoshdan kichik, 30 yoshdan katta bo‘lmagan bo‘lishi;

- Muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lishi.

- Oliy, o‘rta maxsus yoki o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolar hamda ichki ishlar organlarining xodimlari qabul qilinadi.

Kasbiy tayyorgarlik fakultetiga kirish istagida bo‘lgan fuqarolar quyidagi hujjatlari bilan kelishlari so‘raladi:

- biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi doimiy yashash manzili bilan;

- harbiy guvohnoma (asl nusxasi);

- oliy, o‘rta maxsus yoki o‘rta ma’lumotini tasdiqlovchi diplom, shaxodatnoma ilovasi (asl nusxasi);

- yaqin qarindoshlarning (ota-ona, aka-uka, opa-singil,) biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi (nusxasi);

- ish joyidan (ishlayotgan bo‘lsa) tavsifnoma;

- nomzod tomonidan qo‘lda yoki kompyuterda yozilgan tarjimai hol;

- anketa-ma’lumotnoma;

- belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida ma’lumotnoma (bo‘yining balandligi bo‘yicha antropometrik parametri ko‘rsatilgan holda)

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Kasbiy tayyorgarlik fakultetida o‘qish istagida bo‘lgan fuqarolar 2025-yilning 7-iyul kunidan 2025-yilning 7-avgust kuniga qadar (soat 08:30dan 18:00gacha) doimiy yashash manzili bo‘yicha Ichki ishlar bo‘limlariga murojaat etishlari so‘raladi.

Eslatma: Belgilangan kundan keyin murojaat etgan nomzodlar ro‘yxatiga kiritilmaydi.

Nomzodlar qo‘shimcha ma’lumotlarni telegram ijtimoiy tarmog‘idagi fviib.uz manzili orqali bilib olishlari mumkin.

Murojaat uchun tel: 73.244-15-56

Text to speech