18 Oktyabr 2023 yil 2077

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, polkovnik Yahyo Abdulhaqov viloyatimizda  jinoyatchilikni jilovlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni bevosita joyiga borib oʻrganmoqda

Shu kunlarda Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, Tergov departamenti boshligʻi, polkovnik Yahyo Abdulhaqov  hamda viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari, tergov xizmati rahbari, polkovnik Mansur Sattarov shahar-tuman ichki ishlar boʻlimlari, MFYlar va boshqa ob’yektlarga borib, jinoyatchilikni jilovlash borasidagi ishlarni oʻrganmoqda.

Jumladan, Beshariq tumani ichki ishlar boʻlimida boʻlgan Vazir oʻrinbosari boʻlim mutasaddilari bilan xizmat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan fikr almashdi. Oʻrganishlar tumandagi “Dala Hamid” MFYda davom etdi. Mahalla “yettiligi” faoliyatini koʻzdan kechirgan mutasaddilar hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan zarur tavsiyalar berishdi.

Tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasidagi shart-sharoitlar ham e’tibordan chetda qolmadi.

Oʻzbekiston tumanida amalga oshirilayotgan oʻrganishlar davomida migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimidagi xizmat jarayoni bilan tanishgan Vazir oʻrinbosari bu yerga yumush bilan kelgan fuqarolar bilan ham muloqot oʻtkazildi.

Yaypan shaharchasidagi “Turkiston” MFYda ham  mahalla faollari hamda ichki ishlar organlari faxriylari bilan oʻtkazilgan samimiy suhbat davomida “mahallabay” va “xonadonbay” oʻrganishlarni tizimli tashkil etish xususida soʻz yuritildi. Faollarga zarur maslahatlar berildi. Mahalla qoshida tashkillangan yoshlar kutubxonasi faoliyati ijobiy baholandi.

Shu kuni mutasaddilar Oʻzbekiston tumani tibbiyot birlashmasi tarkibidagi mastlik holatida boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish tumanlararo punkti (xushyorxona)dagi sharoitlar bilan ham tanishdilar.

Oʻrganishlar davom etmoqda.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech