31 Oktyabr 2024 yil 2010

Furqat tumanida IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari va Farg‘ona viloyati IIB xodimlari hamkorligida “Yangi O‘zbekistonning vatanparvar yoshlari” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi

Mazkur o‘quv seminarda yoshlarning “Jadidlar ma’naviy jasoratining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni”, “Virtual makondagi kibertahdidlarning yoshlar ongiga ta’siri va salbiy oqibatlari”, “Vatanga xizmat qilish – oliy burch”, “Oilam, mahallam, Vatanim uchun nima qildim? Yoshlar tafakkurida oila, mahalla, Vatan tushunchalarining o‘rni” kabi mavzular yuzasidan bilim va kу́nikmalari yanada mustahkamlandi.

O‘quv seminar yakunida yoshlarni qiziqish va muammolarini o‘rganish maqsadida anketa so‘rovnomalar o‘tkazildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech