16 Yanvar 2024 yil
2460
Furqat tumanida nafaqadagi xodimlarning holidan xabar olindi
Mamlakat tinchligi va farovonligi o‘z o‘zidan bunyod bo‘ladigan jihat emas. Buning ortida tunni tongga ulovchi, kerak bo‘lsa jonini fido qilishga tayyor mard va jasur insonlarning mashaqqatli xizmati bor.
Ular hamisha
e’tirof va e’tiborga loyiqdir. Bugun ana shunday vatan o‘g‘lonlarining bayrami desak
mubolag‘a bo‘lmaydi
14 yanvar –
Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan Furkat tumani IIB rahbariyati,
Faxriylar kengashi a’zolari ichki ishlar organlarida uzoq yillar ishlagan Mahmudjon
Mirzaev hamda Yunusali Toshmatovlarni bayram bilan tabriklab, xolidan xabar oldilar.
Ularning Vatan
tinchligi yo‘lida ko‘rsatgan beminnat xizmatlari alohida e’tirof etildi.
Farg‘ona viloyati
IIB Axborot xizmati