20 Yanvar 2025 yil 2199

Farg‘ona viloyati IIB hamda hamkor tashkilotlar tomonidan jinoyat sodir etishga moyil shaxslarning yashash manzillarida tezkor tadbirlar o‘tkazildi

Jumladan, joriy yilning 16 yanvar kuni o‘tkazilgan tadbirlarda 162 nafar tezkor vaziyatga salbiy ko‘rsatuvchi, jinoyat sodir etishga moyil shaxslarning yashash manzillarida o‘rganishlar olib borilib, 112 nafar shaxslar noqonuniy buyum va ashyolarni saqlab kelganligi aniqlandi.

Tadbir davomida,  3 kg.757 gramm giyohvandlik vositalari, 39 ta sovuq qurol, 4 ta ov va 7 ta pnevmatik qurollar olindi.

Shuningdek, 5 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi

Yuqoridagi barcha holatlar bo‘yicha tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech