6 Sentyabr 2022 yil
429
Fargʻona viloyati IIB Qidiruv boʻlimi xodimlari qidiruvdagi shaxsni qoʻlga olishdi
Fargʻona viloyati IIB Qidiruv boʻlimi xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan U.M.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati