26 Yanvar 2024 yil 1726

Farg‘ona shahrida noqonuniy ov qurolini saqlash bilan bog‘liq  holat aniqlandi

Joriy yilning 24 yanvar kuni, Farg‘ona shahrida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida olib borilayotgan keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar davomida 2002 yilda tug‘ilgan, Marhabo ko‘chasida yashovchi, I.Z.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida, 1 dona, “Ov miltig‘i”ni noqonuniy ravishda saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech