4 Sentyabr 2025 yil
637
Prezidentimizning 253-son qarori ijrosini samarali tashkil etish maqsadida viloyat IIB JTSB boshlig‘i polkovnik I.Ergashov boshchiligida Barkamol mahallasida yig‘ilish o‘tkazildi
Uchrashuvda
mahallada jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, aholini huquqbuzarliklardan himoya
qilish hamda xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha mas’ul rahbarlar tanishtirildi. Shuningdek,
ularga qaror talablarini amalga oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.
Yig‘ilish
davomida “Namunali xavfsiz ko‘cha” va “Namunali xavfsiz uy” loyihalarini amalga
oshirish, mahallada profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish va aholining
huquqiy ongini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati