18 Aprel 2022 yil
403
Fargʻona viloyatida tergovdan yashiringan shaxslar qoʻlga olindi
17-aprel kuni Qoʻqon shahar IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismida (oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan K.A.ni qoʻlga olishdi.
Shuningdek, Fargʻona viloyati IIB JQB UJQKB xodimlari Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismida (qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan qidiruv e’lon qilingan A.A.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati