Quva tumanida “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgan shaxs qoʻlga tushdi
Quva tumani. 13-avgust kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Tinchlik MFY hududida yashovchi J.X.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadon oshxonasida “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati