31 May 2023 yil 375

Toshloq tumanida kompyuter tizimi orqali plastik kartadan pul oʻgʻirlagan voyaga yetmagan shaxs aniqlandi

Toshloq tumani. Fuqaro Gʻ.J IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2023-yil 04-may kuni noma’lum shaxs, tegishli bank tomnidan berilgan plastik kartasiga kompyuter tizimi orqali ruxsatsiz kirib, plastik kartasi hisobida boʻlgan 935.000 soʻm pullarni yashirin ravishda oʻgʻirlab yechib olganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan M.I sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech