Fargʻona shahrida tilla taqinchoqlarni aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Fargʻona shahar.2021-yil oktabr oyida Sh.S tanishi A.D ismli ayolning ishonchiga kirib farzand koʻrmayotgani sababli Rossiya davlatiga borib, davolanib kelish uchun jami 2000 AQSH dollariga teng tilla taqinchoqlarini aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritib, tilla taqinchoqlarni boshqa shaxslarga sotib yuborib pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati