13 Avgust 2022 yil 487

Qoʻqon shahrida taqiqlangan giyohvandlik vositalarini sotgan shaxs qoʻlga tushdi

Qoʻqon shahar.2022-yilning 09-avgust kuni Fargʻona viloyati IIB JQB va shahar IIB JQB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Sh.Birlashuv koʻchasida yashovchi Sh.M.ning yashash xonadonida “Opiy” giyohvandlik vositasi va bir dona yelim idishdagi “Tropikamid 10 ml” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 500.000 soʻm evaziga sotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech