2 Iyun 2023 yil 416

Qoʻshtepa tumanida giyohvandlik oʻsimliklarini parvarishlab kelayotgan ayol aniqlandi

Qoʻshtepa tumani. 2023-yilning 23-may kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Quvirboshi mahalla hududida yashovchi I.M.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, tomorqasida 31 tup koʻknori giyohvandlik oʻsimliklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.

 

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech