Plastik kartadan aldov yoʻli bilan pul yechib olgan shaxs qoʻlga olindi
Qoʻqon shahar. M.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 10-yanvar kuni noma’lum shaxs, telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali ishonchiga kirib, unga tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasi xos raqamini va parolini qoʻlga kiritib, plastik kartasi hisobida boʻlgan 470.000 soʻm pullarini aldov yoʻli bilan yechib olgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni A.U sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 8-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati