2 Sentyabr 2022 yil 410

Margʻilon shahrida xonadon xojatxonasida “ogʻu” saqlagan shaxs qoʻlga tushdi

Margʻilon shahar.15-avgust kuni shahar TEQKB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Maorif mahalla hududida yashovchi M.Z.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadon xojatxonasi devori orasida “gashish” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech