16 Fevral 2023 yil
378
Firibgarlikda gumonlangan qidiruvdagi shaxs qoʻlga tushdi
Uchkoʻprik tumani IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan Z.B.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror maʼlumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi taʼminlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati