Fargʻona shahrida oʻrindiqda qarovsiz qolga uyali telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi
Fargʻona shahri. 25-oktabr kuni M.B ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda noma’lum shahs Quruvchilar koʻchasida joylashgan maktabgacha ta’lim muassasi oldidagi oʻrindiqda qarovsiz qoldirilgan narxi 1.000.000 soʻmlik “Самсунг Ж2” rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni S.V sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati