3 Dekabr 2022 yil 507

Qoʻqon shahrida xonadondan 1.560.000 soʻmlik tilla uzukni oʻgʻirlagan voyaga yetmagan qiz aniqlandi

Qoʻqon shahar. A.T.Xuqandiy koʻchasida yashovchi K.A ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022-yil 08-noyabrdan 10-noyabr kunigacha boʻlgan vaqt oraligʻida noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib narxi 1.560.000 soʻmlik tillo uzugini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan T.Z ismli qiz sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech