XIZMATGA QABUL QILISH BO‘YICHA TANLOV EʼLON QILINADI!
Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son qarori talablari asosida Farg`ona viloyati ichki ishlar organlaridagi mavjud safdorlik lavozimlariga (faqat erkaklar) tanlov eʼlon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar 2025-yilning 18-aprel kunidan 2025-yilning 10-may kuniga qadar “kb.iiv.uz” sayt orqali ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi.
Nomzodlarga qo‘yilgan talablar hamda shartlari bo‘yicha batafsil maʼlumotlarni “kb.iiv.uz” sayt orqali tanishib olishingiz mumkin.