26 Феврал 2025 йил 4256

Farg‘ona viloyati IIB JXX Probatsiya boshqarmasi boshlig‘i va Quva tumani ma’sul xodimlari ishtirokida nazorat ostidagi shaxslar uchun sayyor qabul va sayyor sud tashkil etildi

Quva tumani IIB JXX Probatsiya bo‘linmasi hisobida turib, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo muddatlarini o‘tayotgan nazorat ostidagi shaxslarning muammolarini o‘rganish va ularni qiynab kelayotgan masalalarga yechim topish maqsadida joylarda qabullar muntazam o‘tkazilmoqda.

Navbatdagi qabul Quva tumani IIB binosida tashkil etildi.

Unda nazorat ostidagi shaxslar tomonidan kelib tushgan har bir masalalar atroflicha o‘rganilib, huquqiy maslahatlar berildi.

Murojaatlarning aksariyati shu kunni o‘zida ijobiy hal etildi.

Uchrashuv davomida Probatsiya hisobida turib jazo muddatini o‘tayotgan 10 nafar nazorat ostidagi shaxslarning jazolarini muddatidan ilgari shartli ozod etish maqsadida JIB Quva tumani sudiga taqdimnomalar kiritildi va sud tomonidan belgilangan cheklashlarga amal qilmay kelayotgan 2 nafar mahkumlar jazosi ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati 

Text to speech