11 Май 2022 йил 184

Farg'ona tumanida taqiqlangan o'simliklarni parvarishlagan shaxs fosh bo'ldi

Farg'ona tumani.2 may kuni tuman IIB JQB va HPB xodimlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, Ma'shal MFY hududida yashovchi D.D ismli ayolning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganda, tomorqasida 16 tup ko'knori o'simliklarini parvarishlab kelayotganligi aniklanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Farg'ona tumani IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech