8 Yanvar 2022 yil 179

Yozyovon tumanida “Lasetti” avtomashina haydovchisi urib yuborgan velosipedchi hodisa joyida vafot etdi

Yozyovon tumani. 07 yanvarь kuni А.J boshqaruvida boʼlgan “Lasetti” rusumli avtomashinasini Suvliariq mahallasi hududida boshqarib ketayotib, velosipedchi E.А.ni urib yuborishi oqibatida, E.А tan jarohati olib hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov boʼlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Fargʼona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi haydovchilarni hushyorlikka chaqirib, yoʼllarda harakatlanganda yoʼl harakati qoidalariga amal qilinmasa, koʼngilsiz holatlar sodir boʼlishi mumkinligini unutmang!

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech