12 Oktyabr 2021 yil 26

Yozyovon tumanida “koʻknori somoni” giyohvandlik vositasini saqlagan shaxs qoʻlga tushdi

Yozyovon tumani. 09-oktabr kuni Yozyovon tumani IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida Ittifoq MFY hududida yashovchi U.R.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda yashash xonadoni yotoqxonasidagi divan tagidan “koʻknori somoni” giyohvandlik vositasi saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech