21 Sentyabr 2022 yil 25

Velosiped oʻgʻirlagan ayolga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Fargʻona shahar.2022-yilning 06-sentabr kunidan 07-sentabr kuniga oʻtar kechasi T.I ismli ayol Quvasoy koʻchasidagi koʻp qavatli uyda yashovchi Yu.M.ning yashash xonadoni oldida qarovsiz qolgan 1.400.000 soʻmlik nomli velosipedini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech