9 Avgust 2022 yil 113

Uchkoʻprik tumanida xonadondan “ogʻu” topildi

2022-yilning 06-avgust kuni Fargʻona viloyati IIB Transportda XTB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir jarayonida Uchkoʻprik tumani Mazzangli koʻchasida yashovchi M.I.ning yashash manzili koʻzdan kechirilganda, fuqaro M.I xonadonidagi yer maydonida 17 tup marixuana giyohvandlik oʻsimliklarini yetishtirayotganligi aniqlandi. Bundan tashqari, ogʻilxonasining turli joylaridan qogʻoz va sellofan paketlariga solingan va oshxonasidagi javon ichidan qogʻoz qutilarga solingan jami 5 kg. 227 gramm nasha giyohvandlik moddalari topildi. Shuningdek, M.I.ning yashash xonadoni mehmonxonasida 1 dona polimer qopda “koʻknori” giyohvandlik oʻsimlik poyalari va 1 dona polimer sumkada koʻknori boshoqlari, jami 7 kg 729 gramm koʻknori giyohvandlik vositalari topilib, xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona viloyati IIB TXTB tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 276-modda 2-qism "a" bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech