23 Noyabr 2022 yil 42

Toshloq tumanida kompyuterxonaga oʻgʻirlikka tushgan shaxs aniqlandi

Toshloq tumani. Fuqaro O.B IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 29-oktabr kunidan 30-oktabr kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs Quyi Yakkatut mahallasida joylashgan kompyuter xizmatlari koʻrsatish xonasiga gʻayriqonuniy ravishda kirib, kompyuter xonasidan jami narxi 8.000.000 soʻmlik “PlаyStation” oʻyin jamlanmasi ehtiyot qismlarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni M.R sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech