22 Noyabr 2021 yil 53

Margʻilon shahrida fuqarodan “Damas” rusumli avtomashinasini sotib olgan shaxs vaʼdasini bajarmadi

Margʻilon shahri. 2021-yilning mart oyida I.B J.A.ning ishonchiga kirib, sotmoqchi boʻlgan “Damas” rusumli avtomashinasini 5.500 AQSH dollariga sotib olishga kelishib, oldindan 1.500 AQSH dollari va 2.000.000 soʻm pullarni berib avtomashinasini olib ketib, bergan vaʼdasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech