9 Avgust 2021 yil 39

Qoʻshtepa tumanida avtomashina yoʻlovchisi “gashish” giyohvandlik moddasini yonida saqlab ketayotganligi aniqlandi

Qoʻshtepa tumani. 04-avgust kuni viloyati DXX va tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbir davomida Fargʻona-Qoʻqon yulining Xumdon mahallasi hududida harakatlanib kelayotgan “Lasetti” rusumli avtomashina “Satkak” aylanma yulida toʻxtatilib avtomashinada yulovchi sifatida kelayotgan P.A.ning yoni koʻzdan kechirilganda, kora selofan paketga solingan holda “gashish” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech