28 Oktyabr 2021 yil 59

Qoʻqon shahrida shahar markaziga qatnovchi “Дамас” rusumli avtomashinada yoʻlovchining choʻntagidan uyali telefon apparatini oʻgʻirlagan ayol aniqlandi

Qoʻqon shahri. 15-oktabr kuni Qaynar koʻchasida yashovchi M.Sh IIBga murojaat qilib, unda 13-oktabr kuni noma’lum shaxs yashash xonadonidan shahar markaziga qatnovchi "Damas" rusumli avtomashinada egnidagi kurtkasi choʻntagida boʻlgan narxi 2.000.000 soʻmlik “Samsung А10” rusumli uyali telefon apparatini kissavurlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni T.Z ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech