27 Oktyabr 2021 yil 65

Qoʻqon shahrida bolalar kiyim-kechaklarini sotish bilan shugʻullanuvchi ayol aldanib IIBga murojaat qildi

Qoʻqon shahri. 03-mart kuni bolalar kiyim-kechaklarini sotish bilan shugʻullanuvchi Q.N ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 23-yanvar kuni noma’lum shaxs ishonchiga kirib, sotmoqchi boʻlgan narxi 3.600.000 soʻmlik bolalar kiyim-kechaklarini sotib olishga kelishib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan kiyim-kechaklarini qoʻlga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni T.M sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech