15 Sentyabr 2021 yil 42

Qoʻqon shahrida aldov yoʻli bilan kiyim-kechaklarni qoʻlga kiritgan ayolga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Qoʻqon shahri. 2021-yilning iyun oyida M.O ismli ayol D.G ismli ayolning ishonchiga kirib kiyim-kechak oldi-sottisi bilan shugʻullanishidan xabar topib, oʻzini tadbirkor sifatida tanishtirib undan jami 34.000.000 soʻmlik kiyim-kechak pullarini 10 kun muddat ichida olib kelib berishligini aytib kiyim-kechaklarni olib ketib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan kiyim-kechaklarini boshqa shaxslarga sotib yuborib pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech