25 Noyabr 2021 yil 52

Uchkoʻprik tumanida «marixuana» saqlagan shaxs qoʻlga tushdi

Uchkoʻprik tumani. 20-noyabr kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Katta kenagas MFY hududida yashovchi S.Sh.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadon oshxonasidagi shkaf ustida bir dona qora rangli polietilen paketiga oʻralgan va oʻziga tegishli boʻlgan kamzulining choʻntagida bir dona oq rangli qogʻoz parchasiga oʻralgan “marixuana” moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech