24 Noyabr 2022 yil 114

Uchkoʻprik tumanida “marixuana” saqlagan shaxs aniqlandi

Uchkoʻprik tumani.16-noyabr kuni tuman IIB JQB va HPB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Sariqoʻrgʻon mahalla hududida yashovchi Q.M.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadon tovuqxonasidan bir dona oq rangli politilen qopni ichidagi 5 litr hajmli baklashkada va bir dona 2 litr hajmdagi shisha bankada marixuana giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech