15 Yanvar 2022 yil 34

Toshloq tumanida oʻziga tegishli boʻlmagan “Jentra” avtomashinasi nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilib aldab sotgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Toshloq tumani. 2021-yilning 21-noyabr kuni Yu.J IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning 12-oktabr kuni noma’lum shaxs ishonchiga kirib, oʻziga tegishli boʻlmagan “Jentra” rusumli avtomashinani 7.000 АQSH dollariga sotishligi va hujjatlarini nomiga rasmiylashtirib berishni aytib, pullarini olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni S.J sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʼlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Аxborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech