21 Sentyabr 2022 yil 25

Toshloq tumanida arzon avtomashina olaman deb fuqaro 48.000.000 soʻm pullariga aldandi

Toshloq tumani.2022-yilning 26-iyul kuni T.N Oʻ.U.ga arzon narxda avtomashina olib berishini aytib undan jami 48.000.000 soʻm pullarini olib firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “v” bandlari (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech