13 May 2022 yil 68

Tergovdan yashiringan 2 nafar shaxs qo'lga tushdi

11 may kuni Rishton tumani IIB JQB va Probatsiya xizmati xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida (o'g'irlik) ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e'lon qilingan J.A.ni qo'lga olishdi.

Shuningdek, Farg'ona viloyati IIB 1-mintaqaviy hudud PPX 1-otryad xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismida (firibgarlik) ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, Farg'ona shahar IIO FMB tomonidan qidiruv e'lon qilingan M.B.ni qo'lga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma'lumotga ega bo'lsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar bo'limlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta'minlanadi.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech