22 Sentyabr 2022 yil 25

Rishton tumanida qarovsiz qoldirilgan telefon apparati oʻgʻirlandi

 

Rishton tumani. Fuqaro Oʻ.B IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 19-avgust kuni noma’lum shaxs Farovonlik mahalla hududida joylashgan oshxona old tomonidagi soʻri ustida qarovsiz qoldirilgan narxi 2.000.000 soʻmlik “Redmi-7” rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi “a” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni Yu.J sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech