7 Avgust 2021 yil 53

Rishton tumanida “Isuzu” rusumli avtomashina akkumlyatorlarini oʻgʻirlagan shaxslar aniqlandi

Rishton tumani. 26-iyul kuni Jalayer MFY hududida yashovchi fuqaro M.U. IIBga murojaat qilib, unda 25-iyul kunidan 26-iyul kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs yashash xonadoni oldida qarovsiz qoldirilgan “Исузу” rusumli avtomashinasiga oʻrnatilgan narhi 900.000 soʻmlik ikki dona akkumulyatorlarini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Z.I va B.S.lar sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech