25 Noyabr 2021 yil 49

Quvasoy shahri “Akfa” eshik rom ustasi 7.000 AQSH dollarini qoʻlga kiritib va’dasini bajarmadi

Quvasoy shahri. 2018-yil bahor oylarida M.I tanishi S.A.ning ishonchiga kirib xonadoni uchun “Akfa” eshik-romlari yasab berishini aytib, undan jami 7.000 AQSH dollari pullarini olib ketib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan dollarini oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech