12 Yanvar 2022 yil 154

Qoʼshtepa tumanida “Lasetti” avtomashina haydovchisi urib yuborgan velosipedchi shifoxonada vafot etdi

Qoʼshtepa tumani. 10 yanvar kuni haydovchi S.Z “Lasetti” rusumli avtomashinasini Eshonguzar MFY hududida boshqarib ketayotib, yoʼlni qatnov qismini kesib oʼtayotgan velosipedchi T.K.ni urib yuborishi oqibatida, T.K tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʼshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʼlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Fargʼona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi haydovchilarni hushyorlikka chaqirib, yoʼllarda harakatlanganda yoʼl harakati qoidalariga amal qilinmasa, koʼngilsiz holatlar sodir boʼlishi mumkinligini unutmang!

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech